Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrida milliylikni targ‘ib qilishga doir qaror imzoladi. Unga ko‘ra, milliy liboslar va milliylikni targ‘ibotini o‘z ichiga olgan “Milliy Toshkent” loyihasi amalga oshiriladi. Shahardagi davlat ishxonalari xodimlariga milliy liboslarda yurish tavsiya etiladi.
Apellyatsiya sudi brbalo musiqiy guruhi a’zolari Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning qamoq muddatini qisqartirdi, ular ozodlikka chiqdi. Blogerlar yumoristik klipi uchun 15 sutkaga qamalgandi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. Hokim odamlarni mikromobillikka o‘rgatish muhimligini ham ta’kidladi.
Yunusobod tumanida 14 ta davlat tashkiloti 24,5 gektarni egallab turibdi. Bosh vazir va Toshkent hokimiga yirik developerlar uchun ularning o‘rnida savdo obyektlari qurish taklifini berish topshirildi. Shuningdek, Yevro-5 standartidagi mashinalar xarid qilishning yangi mexanizmlari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Mirobod tumanida Spark va Nexia haydovchilari yo‘l talashib, mojaro ommaviy mushtlashuvga aylandi. Hodisa oqibatida yo‘lovchilardan biri stomatologiya klinikasiga murojaat qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Poytaxtda jamoaviy yig‘inlar o‘tkazib, kelgusida Suriya hududidagi terrorchilik tashkilotlarining safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aytilayotgan 8 nafar shaxs ushlandi. Ular “Tavhid va jihod katibasi” tashkilotining g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi 8-sinf o‘quvchisi Toshkent shahrini onlayn sotuv platformasida 250 mlrd dollarga sotish haqida e’lon joylashtirganini aniqlandi. O‘smir buni hazil tariqasida qilganini bildirdi.
PMTI ekspertlari Toshkent shahri aholisining yo‘llardagi tirbandlikka munosabatini o‘rgandi. Respondentlarning aksariyati tartibsiz haydovchilar, qoidabuzarliklar va noto‘g‘ri parkovkani asosiy sabablar deb biladi. Tirbandliklardan ko‘proq avtobus va mikroavtobus yo‘lovchilari aziyat chekmoqda.
Iqtisodchi Otabek Bakirov 2023-yil uchun Toshkent budjetining qo‘shimcha daromadlari taqsimotini tanqid qildi. Xususan, moliyalashtirishdagi muammo, kurashga pul ajratish davom etayotgani, maktablar ta’mirlanishidagi katta farqni ta’kidlab, “budjetni osmonga sovurishda davom etamizmi?” degan savol bilan yuzlandi.
Poytaxtda maktabdan qaytayotgan bolalarni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgani aytilgan videoxabar tarqaldi. IIVning aniqlik kiritishicha, xabarlar asossiz. Bolalar mashinaga muz bo‘lagini tepgan, avtomobildagi o‘quvchi esa ularni ichki ishlarga olib borishini aytib qo‘rqitgan.
Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yaxshilash maqsadida yangi — 152-sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etildi. Shuningdek, 10 dan ortiq yo‘nalish harakatlariga o‘zgartirish kiritilib, qisqartirildi yoki uzaytirildi.
Endilikda Toshkent shahri aholisi maxsus veb-sayt orqali geografik obyektlarni nomlash va ularni o‘zgartirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishi mumkin. Hozirda sayt yer usti metro liniyasidagi bekatlarga nom berish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi komissiyasi harakat tezligini Kichik halqa yo‘lida 60 km/soat, poytaxt markazi — A.Navoiy, Mahtumquli, A.Temur, KHAY, I.Karimov, T,Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarida esa 50 km/soatgacha tushirish masalasini muhokamaga qo‘yishni ko‘zlayapti.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent Index majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli binoni bir hafta muddatda xususiy sherikchilik asosida TTJga aylantirishga ko‘rsatma berdi.
Poytaxt hokimligi profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan shaharda jinoyatchilikni jilovlash qiyin kechayotganini ma’lum qildi. Jumladan, 6 oy davomida 10381 ta jinoyat sodir etilgan. Qolaversa, 5436 nafar fuqaro tilanchilik va 19 749 nafar fuqaro daydilikda gumonlanib, profilaktik suhbatdan o‘tkazilgan.
Toshkent shahrining yashil maydoni (butalar va maysalar ham kiradi) qariyb 30%ni (hokimiyat o‘lchovi bo‘yicha — 26,84%) tashkil etadi. 3 foizlik ko‘rsatkichni O‘zgidromet vakili texnik xato tufayli e’lon qildi, deyiladi markaz xabarida. Hokimiyat yashillik ko‘rsatkichi qanday aniqlanishini tushuntirdi.
3 iyundan boshlab Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mo‘ljallangan «Mehribon taksi» xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Mashinalar ko‘chma pandus bilan jihozlangan. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, xizmatdan tushgan mablag‘ning bir qismi hayriyaga yo‘naltiriladi, nogironligi bor shaxslar ham ishga jalb qilinadi.
Chorshanba kuni kechqurun kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent shimoli-sharqida ko‘cha va hovlilarni suv bosdi. Ma’lum qilinishicha, poytaxt hokimi va boshqa mutasaddilar toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlarini kuzatgan.
Toshkent shahar hokimli 18 aprel kuni poytaxtda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shu sababli, hokimlik poytaxt aholisidan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting